16:00 / 27.03.2025
2 271

Cobalt Qozog‘istonda yana eng ko‘p sotilgan avtomobil

Cobalt Qozog‘istonda yana eng ko‘p sotilgan avtomobil
Chevrolet Cobalt 2025-yil fevral oyida Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan yangi avtomobil bo‘ldi, deb xabar berdi “Qozog‘iston avtomobil ittifoqi” (QAO), deya yozmoqda Kursiv.media.

Yanvar oyida yetakchilikni qo‘lga kiritgan Hyundai Tucson fevralda afsonaviy Cobalt tomonidan ortda qoldirildi. O‘tgan oyda qozog‘istonliklar 1776 dona Cobalt xarid qilgan — bu yanvarga nisbatan 62,6% ko‘pdir.

Fevral oyida Qozog‘istonda jami 2080 dona yangi Chevrolet avtomobili sotilgan — bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 79,3 foizga ko‘p.

Shunga qaramay, umumiy avtomarka reytingida Hyundai hali ham yetakchilikni saqlab qolmoqda: fevralda 4043 ta yangi avtomobil sotilgan va bu yiliga 44,8 foiz o‘sishni anglatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto