11:30 / 24.11.2015
5 574

Ford AQSh, Kanada va Meksikadan 452 mingta avtomobilni qaytarib olmoqda

Ford AQSh, Kanada va Meksikadan 452 mingta avtomobilni qaytarib olmoqda

Ford yoqilg‘i sizishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar tufayli AQSh, Kanada va Meksikadan 452 mingta avtomobilni qaytarib oladi. Bu haqda 23 noyabr, dushanba kuni AQSh avtomobilsozlik korporasiyasi vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».

Mazkur aksiya 2008 — 2011 yillarda ishlab chiqarilgan Fusion va Mercury Milan modellariga tegishli. Korporasiya mutaxassislarining aytishicha, bu mashinalarning yoqilg‘i tizimidagi klapanlardan birida kamchilik bo‘lishi mumkin, bu esa yoqilg‘i sizishi va avtomobil alangalanishiga olib kelishi mumkin. Biroq shu paytgacha ushbu nuqson tufayli birorta avtohalokat ro‘y bermagani qayd etilgan.

Avtomobillardan 411 mingi AQSh, 34 mingi Kanada va 7 mingi Meksikadan qaytarib olinadi.


Manba: Daryo.uz


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Avto » Ford AQSh, Kanada va Meksikadan 452 mingta avtomobilni qaytarib olmoqda