3 038
Toshkentda o‘zganing Gentra’sini minib qochgan 17 yoshli yigit YTHga uchrab, qo‘lga tushdi
Foto: YHXBB matbuot xizmati
Toshkentda o‘zganing Lacetti Gentra’sini minib qochgan 17 yoshli yigit 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir etib, qo‘lga tushdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
31 avgust kuni soat 05:00 larda 2004 yilda tug‘ilgan S.Q. Shayxontohur tumani, General Uzoqov ko‘chasida to‘xtab turgan, fuqaro N.A.ga tegishli bo‘lgan Lacetti eshigini ochib, o‘t oldirgichda qoldirilgan kalit orqali transport vositasini olib qochgan.
Yo‘lda avtomobil davlat raqam belgisini yechib harakatlangan va shu kuni soat 16:30 larda Yunusobod tumani, THAY ko‘chasida YTH sodir etib, voqea joyida ushlangan.
YTH Lacetti Gentra, Nexia, Spark hamda Matiz rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lib, to‘qnashuv natijasida 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Transport vositasini olib qochish bo‘yicha Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi