date

Urganchda ayol 9-qavatdan sakramoqchi bo‘ldi

Urganchda ayol 9-qavatdan sakramoqchi bo‘ldi

Bugun, 29 iyul kuni Xorazm viloyatining Urganch shahrida insonni larzaga soladigan holat ro‘y berdi. Ayol fuqaro ko‘p qavatli uyning 9-qavatidagi tom qismiga chiqib, o‘z joniga qasd qilishga urinayotgani aniqlandi.

Hodisadan xabardor bo‘lgan fuqarolar zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, yong‘in-qutqaruv xizmati va tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilishdi. Tezkorlik bilan yetib kelgan maxsus xizmatlar ayol bilan muloqot o‘rnatib, uni tinchlantirishga harakat qilishdi.

Psixologlar va qutqaruvchilarning hamkorlikdagi harakatlari natijasida u ko‘ndirildi va xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda pastga tushirildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan ayol hozirda shifokorlar nazoratida.

Ayni vaqtda hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol shaxsiy muammolar va turmush bosimi sabab shunday qadamga borishga qaror qilgan bo‘lishi mumkin.

Mutasaddilar aholini o‘zaro e’tiborli bo‘lishga va ruhiy holati izdan chiqqan insonlarga nisbatan nafaqat yordam, balki tushunish bilan yondashishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganchda ayol 9-qavatdan sakramoqchi bo‘ldi