"Manchester Siti" klubi yozgi transfer oynasida yana bir yosh va iqtidorli darvozabon bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, "Byornli" jamoasi darvozaboni Jeyms Trafford rasman "shaharliklar" safida to‘p surishni boshlaydi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2030 yilgacha amal qiladi.
Transfer borasidagi muzokaralar bir necha hafta davom etdi va oxir-oqibat 27 million funt sterling miqdoridagi bitimga erishildi. Bu summa yosh futbolchining salohiyatiga va uning kelajakdagi rivojiga bo‘lgan ishonchni namoyon etadi.
Jeyms Trafford "Manchester Siti" klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2015 yildan 2023 yilgacha jamoaning turli yosh toifalarida faoliyat yuritgan. Undan keyin futbolchi "Byornli"ga yo‘l olgan va o‘tgan mavsum Chempionshipda 45 ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan. Mavsum davomida Trafford o‘z darvozasidan atigi 16 ta gol o‘tkazib yuborgani bilan e’tiborga tushgan.
Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi undan katta natijalar kutishmoqda. Traffordning professional yondashuvi, yosh bo‘lishiga qaramasdan, yuqori darajadagi o‘yin ko‘rsatishi va mustahkam irodasi "Manchester Siti"ning darvozasini yanada ishonchli qilishga yordam berishi kutilmoqda.
Muxlislar esa, yangi mavsumda Jeyms Trafford qanday o‘yin namoyon etishini va jamoadagi raqobatga qanday ta’sir ko‘rsatishini katta qiziqish bilan kutmoqda. Yangi darvozabonning kelishidan keyin "shaharliklar"ning himoya chizig‘i yanada mustahkamlanishiga shubha yo‘q.
"Manchester Siti" Jeyms Trafford bilan darvozasini mustahkamladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar