
Jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan fuqaro I.X. poytaxt Toshkent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 1987 yilda tug‘ilgan va Namangan viloyatining Mingbuloq tumanidagi “Kichik Jomashuy” mahallasida yashovchi I.X. joriy yilning 8 iyul kuni o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbirlari doirasida Toshkent shahar Olmazor tumanida aniqlanib, hibsga olingan.
Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va u muddatidan avval tergovdan qochganligi sababli qidiruvga berilgan edi.
Toshkent shahridagi tinimsiz surishtiruvlar samarasida I.X. ni ushlashga muvaffaq bo‘lindi va u belgilangan tartibda Mingbuloq tuman Ichki ishlar bo‘limiga topshirildi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bu kabi holatlarda jinoyat sodir etgan shaxslar qanchalik ko‘p vaqt o‘tmasin, albatta qonun oldida javob berishini ta’kidlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!