Xitoy poytaxti Pekin va uning atrofida kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. 80 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Suvlar yo‘llar va uylarni vayron qilgan, yuzlab qishloqlar elektrsiz qolgan.
Prezident Si Zinpin rasmiylarni “eng og‘ir ssenariylarga” tayyor turishga chaqirib, qutqaruv ishlarini kuchaytirishni buyurdi. Davlat tomonidan 200 million yuan (taxminan $28 mln) yordam ajratilgan.
Eng og‘ir zarar Miyun va Xuayjou tumanlariga yetgan. Ayrim aholi ijtimoiy tarmoqlarda qutqaruvchilarni chaqirishga majbur bo‘lgan. Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, suvlar “birdan bostirib kelgan”.
So‘nggi haftalarda Xitoyda boshqa tabiiy ofatlar ham kuzatilmoqda: yer ko‘chishi, to‘fon va issiqlik to‘lqinlari. Mutaxassislar bu holatlarni iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘lamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!