date

AQShda kompaniya direktorlari ishdan bo‘shamoqda

AQShda kompaniya direktorlari ishdan bo‘shamoqda
AQShning yirik kompaniyalarida bosh direktorlar (CEO) almashinuvi so‘nggi yigirma yil ichidagi eng yuqori darajaga chiqdi. 2025-yilda hozirgacha S&P 500 indeksiga kiruvchi 41 kompaniya rahbari almashgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi 49 ta holatga yaqinlashmoqda.

Bu o‘zgarishlarga asosiy sabablar sifatida aksiyadorlar faolligining oshishi, boshqaruv kengashlarining mustaqilligi, moliyaviy natijalarning kuchli bosim ostida bo‘lishi va rahbarlarning xulq-atvoriga bo‘lgan talabchanlik sabab bo‘lmoqda.

Yaqinda Procter & Gamble kompaniyasi rahbari Jon Moeller o‘rnini Shailesh Jejurikar egallashi e’lon qilindi. Tylenol dorisini ishlab chiqaruvchi Kenvue esa rahbarni kompaniya aksiyalari 16,5%ga tushib ketganidan keyin almashtirdi.

O‘zgarayotgan boshqaruv kengashlari
Oxirgi yillarda ko‘plab kompaniya boshqaruv kengashlari tarkibi yangilanib, turli millat, jins va tajriba vakillari qo‘shildi. Bu esa ularning mustaqilligini oshirdi va rahbarlarga nisbatan talabchanlikni kuchaytirdi. Endi rahbarlar faqat natija uchun emas, balki kompaniya madaniyati va ijtimoiy qadriyatlarga mosligi uchun ham javobgar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda kompaniya direktorlari ishdan bo‘shamoqda