
Rossiya tashqi mehnat migratsiyasini nazorat qilishni Ichki ishlar vazirligiga topshirdi. Bu haqda "Vedomosti" nashri xabar berdi.
Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi prezident topshirig‘iga binoan yangi migratsiya siyosati uchun asosiy mas’ul organ bo‘ladi. "Interfaks" agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, noqonuniy migratsiya oqimini kamaytirish, ijtimoiy yukni pasaytirish va mojarolarni oldini olish maqsadida tartibli migrantlarni jalb qilish tizimi yaratiladi.
Vazirlik vakillarining ta’kidlashicha, vakolatlarni birlashtirish Ichki ishlar vazirligiga ushbu vazifalarni hal qilish uchun barcha zarur vositalarni taqdim etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar