date

Rossiya 4,3 ming noqonuniy migrantni chiqaradi

Rossiya 4,3 ming noqonuniy migrantni chiqaradi
Rossiyada "Noqonuniy-2025" operatsiyasi doirasida mamlakatdan 4,3 mingdan ortiq chet ellik chiqarib yuboriladi. Bu haqda Moskva viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Tatyana Petrova ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, sudlar Rossiya qonunchiligini buzgan migrantlarni chiqarib yuborish bo'yicha 4,3 mingdan ortiq qaror qabul qilgan. Operatsiya davomida migratsiya sohasida 15,7 mingga yaqin qonunbuzarlik aniqlangan.

Huquqni muhofaza qilish organlari minglab migratsiya qonunchiligi buzilishlarini qayd etdi. 10 mingdan ortiq protokol Rossiyada bo‘lish muddatlari va qoidalarini buzganlik uchun tuzilgan, 2,1 mingdan ortiq protokol esa chet elliklarning noqonuniy mehnat faoliyati bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, migrantlarning mehnatini ruxsatsiz ishlatgan ish beruvchilarga nisbatan ham 1,6 mingdan ortiq ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, tergovchilarning ma'lumotiga ko'ra, 748 ta jinoyat ishi ochilgan.

Eng ko'p uchraydigan qonunbuzarliklar orasida kelganlarni soxta ro'yxatga olish (430 ta holat) va migratsiyaga oid hujjatlarni qalbakilashtirish (235 ta holat) qayd etilgan. Bundan tashqari, noqonuniy narkotik moddalar savdosiga aloqador jinoyatlar bo‘yicha 29 ta ish, boshqa qonunbuzarliklar bo‘yicha esa 24 ta ish ochilgan.

Operatsiyaning birinchi bosqichi 16-25 iyun kunlari, ikkinchi bosqichi esa joriy yilning 13-22 oktyabr kunlari o‘tkazilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya 4,3 ming noqonuniy migrantni chiqaradi