
Shvetsiyada 14, 16 va 17 yoshli o‘smir qizlar ishtirokida ikki marta granata hujumi sodir etilgani ma’lum bo‘ldi. Qizlar bu harakatlarni “Super Mario” taxallusi bilan tanilgan shaxs ko‘rsatmalariga asosan amalga oshirgan. Bu haqda “Watchers” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ilk hodisa 2025 yil 5 sentyabr kuni Myolndal komunnasidagi ko‘p qavatli uy kirishida yuz bergan. Granata portlamagan, ammo xavfsizlik sababli bino evakuatsiya qilingan. Oradan bir kun o‘tib, 6 oktyabrda Nyodinge shahridagi uyga ikki granata tashlangan: biri portlagan, ikkinchisi esa binoga yaqin joydan topilgan.
Hujum jarayoni videoga olinib, “Super Mario”ga jonli efirda uzatilgan. U qizlarni SMS orqali qo‘llab-quvvatlagan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uchala o‘smir jami 45 ming shved kronasi olgan. 14 yoshli qiz bu harakatlarni to‘dalar o‘rtasidagi “qasos” sifatida amalga oshirganini tan olgan.
Qizlar qilgan ishlaridan pushaymon ekanini bildirgan. 16 va 17 yoshli o‘smirlar jamoat xavfsizligiga tahdid solish ayblovi bilan sudga tortilgan, 14 yoshli qizga esa yoshi sababli faqat tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.