date

Kamboja-Tailand mojarosi: 500 ming aholi o‘z uylarini tark etdi

Kamboja-Tailand mojarosi: 500 ming aholi o‘z uylarini tark etdi

Kamboja matbuot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tailand bilan chegara mojaro keskinlashgani sababli 500 mingga yaqin kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Ularning aksariyatini ayollar va bolalar tashkil qiladi.

Agentlik xabariga ko‘ra, 14 viloyatda jami 498,2 ming kishi evakuatsiya qilingan. Mojaroda 18 nafar tinch aholi halok bo‘lgan, yana 78 kishi jarohat olgan. Dekabr oyidagi to‘qnashuvlarda 73 ta turar-joy binosi, bir nechta diniy inshootlar hamda shahar va yo‘l infratuzilmasi zarar ko‘rgan.

7-dekabrda boshlangan to‘qnashuvlar davomida Kamboja va Tailand qo‘shinlari bir-birining chegara pozitsiyalarini nishonga olgan. Kamboja Mudofaa vazirligi Tailand harbiylari chegara hududlarida tahdidli harakatlar qilganini bildirgan, Tailand armiyasi esa Kamboja pozitsiyalariga javob hujumlar o‘tkazganini ta’kidlagan.

12-dekabr kuni Tailand va Kamboja yetakchilari barcha otishmalarni to‘xtatishga kelishib olgan. Biroq keyingi kunda Tailand rasmiylari kurashni davom ettirishga tayyor ekanligini ma’lum qilgan. Hozirgi vaziyat hududda keskinlikni saqlab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kamboja-Tailand mojarosi: 500 ming aholi o‘z uylarini tark etdi