
Murmansk shahrida zargarlik do‘konida yuz bergan voqea jamoatchilikda keskin munozaralarga sabab bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, do‘konga stajirovkaga kelgan qiz atigi bir soat ichida ishdan bo‘shatilgan.
Do‘kon rahbariyati qarorni qizning bir barmog‘i yo‘qligi bilan izohlagan. Direktor bu holatni “ko‘rinishi nobop” deya baholab, mijozlar bilan ishlash uchun mos emasligini bildirgan. Biroq qizning aytishicha, u ishga kirishdan oldin sog‘lig‘idagi ushbu xususiyat haqida menejerni oldindan ogohlantirgan.
Mazkur holat ommaviy axborot vositalarida tarqalib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘plab foydalanuvchilar buni kamsitish va diskriminatsiya deb baholab, do‘kon ma’muriyatini tanqid ostiga oldi.
Jamoatchilik bosimi ortidan zargarlik do‘koni ma’muriyati qiz bilan yana bog‘lanib, vaziyatni yumshatishga harakat qilgan. Unga masofadan turib ishlash taklifi bildirilgan. Hozircha qiz bu taklifga qanday munosabat bildirgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.