date

Qoraqalpogʻistonda AI loyihalari soliqlardan ozod qilinadi

Qoraqalpogʻistonda AI loyihalari soliqlardan ozod qilinadi
Oʻzbekiston Qoraqalpogʻistonning gʻarbiy hududida sunʼiy intellekt (AI) va maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari (MQIM) sohasidagi loyihalar uchun soliqsiz hudud tashkil etadi. Bu haqda Reuters respublika hukumatiga tayanib xabar berdi.

100 million AQSH dollari va undan ortiq mablagʻ kiritishga tayyor boʻlgan xorijiy kompaniyalar 2040-yilgacha soliqlar va bojxona toʻlovlaridan toʻliq ozod qilinadi. Hukumat zarur infratuzilmani qurish va elektr energiyasini imtiyozli narxlarda yetkazib berishni vaʼda qilgan.

Reutersning qayd etishicha, hukumat infratuzilma qurilishi qachon boshlanishini hali eʼlon qilmagan. Toshkentda loyihada ishtirok etish niyatida boʻlgan kompaniyalar nomi ham oshkor qilinmadi.

Oʻzbekiston 2030-yilga qadar AI va IT-infratuzilmasini rivojlantirish uchun 1 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qoraqalpogʻistonda AI loyihalari soliqlardan ozod qilinadi