Amsterdamda dipfeyk janjali: 46 ta bank hisobini ochgan shaxs ushlandi

Amsterdamda dipfeyk janjali: 46 ta bank hisobini ochgan shaxs ushlandi
Qisqacha

Amsterdamda 34 yoshli erkak sun’iy intellekt yordamidagi dipfeyk texnologiyasi orqali bank tizimlarini aldagani uchun qo‘lga olindi. U ijaraga uy qidirayotgan fuqarolardan olingan pasport nusxalari asosida yuz qiyofasini o‘z chehrasiga moslab, selfiye va biometrik tekshiruvlardan o‘tgan. Shu yo‘l bilan gumonlanuvchi jami 46 ta bank hisobini ochgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, keng qamrovli tergov olib borilmoqda.

Niderlandiya poytaxti Amsterdamda sun’iy intellekt yordamida yirik firibgarlik sxemasini amalga oshirgan shaxs qo‘lga olindi. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli erkak dipfeyk texnologiyasidan foydalanib, bank tizimlarini aldashga muvaffaq bo‘lgan.

Tergov davomida aniqlanishicha, gumonlanuvchi ijaraga uy qidirayotgan fuqarolarning ishonchidan foydalanib, ulardan pasport nusxalarini olgan. Keyin esa sun’iy intellekt orqali jabrlanuvchilarning yuz qiyofasini o‘z chehrasiga moslab, banklarning selfiye va biometrik tekshiruvlaridan osongina o‘tgan.

Mazkur usul orqali u jami 46 ta bank hisobini ochishga erishgan. Hozirda gumonlanuvchi hibsga olingan, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ish bo‘yicha keng qamrovli tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutaxassislar esa bu holatni raqamli xavfsizlik sohasidagi jiddiy ogohlantirish sifatida baholamoqda. Texnologiya tez rivojlanmoqda, firibgarlik usullari ham shunga yarasha “aqllilashyapti”.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar