19:30 / 17.03.2018
4 745

Rim papasi: “Islom va terror orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q”

Rim papasi: “Islom va terror orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q”
Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Yusuf bin Ahmad al-Usaymin Vatikanda Rim papasi Fransisk bilan uchrashdi.

IHT tarqatgan bayonotda aytilishicha, uchrashuvda dinlararo muloqotning ahamiyati va terrorizmga qarshi kurash masalalari muhokama etilgan.

Har ikki tomon ham Falastin va Quddus borasida hamkfikr ekani ta’kidlandi. Al-Usaymin papaga Quddusdagi nasroniylar va musulmonlarning huquqlari, shuningdek, myanmalik musulmon rohinjalar bo‘yicha pozitsiyasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Rim papasi Fransisk esa Islom hamkorlik tashkilotining terrorizimga qarshi kurash borasidagi sa’y-xarakatlarini qo‘llab-quvvatlab, Islom dini va terrorizm orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘qligini ta’kidladi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rim papasi: “Islom va terror orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q”