21:06 / 17.06.2018
12 946

Dunyoning "eng antiqa": sut, kolbasa va yog‘ daraxtlari (foto)

Дунёнинг "энг антиқа": сут, колбаса ва ёғ дарахтлари (фото)
«Inson va qonun» daraxtlar bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlarni taqdim qildi.

— Katta yoshdagi bitta daraxt bir yilda o‘n kishi iste’mol qiladigan miqdorda kislorod ishlab chiqaradi.

— Bir dona daraxt transport vositasi 40 000 kilometr masofani bosib o‘tganda ishlab chiqaradigan karbonat angidridni o‘ziga singdiradi.

— Qayta ishlashga topshirilgan 60 kilogramm qog‘oz bitta daraxt hayotini saqlab qolish imkonini beradi.

— 1 gektar maydondagi archa bir kecha-kunduzda 30 kilogramm bakteriyani bartaraf qiluvchi uchuvchan moddalarni ishlab chiqaradi.

— 1 gektar daraxtzor yoki butazor bir kunda 220-280 kilogramm karbonat angidrid yutadi va 180-220 kilogramm kislorod ishlab chiqaradi. Daraxtzorlar havodagi chang miqdorini ham kamaytiradi.

Yog‘ daraxti
Yer yuzida shunday daraxtlar borki, insoniyatni ham yediradi, ham ichiradi, ham kiydiradi. Gruziyada o‘sadigan avokadoni mahalliy aholi «sigir» daraxti, deb atashadi. Negaki, uning mevasi to‘yimlilik jihatidan go‘shtga teng bo‘lsa, hazm bo‘lish darajasi xuddi sariyog‘dek. Avokado mevasining og‘irligi 50-400 gramm bo‘lib, unda juda ko‘p vitaminlar va hattoki yog‘ ham bor.

Sut daraxti
Kosta-Rikada, Ekvadorda va Lotin Amerikasining boshqa davlatlarida tanasi tekis, to‘g‘ri va baland bo‘yli daraxtlarni ko‘plab uchratish mumkin. Uning barglari xonakilashgan fikus (hamisha ko‘m-ko‘k turadigan shapaloq bargli tropik o‘simlik) barglariga o‘xshaydi. Ammo gap uning barglarida emas, mevasida ham emas (chunki uning mevasini yeb bo‘lmaydi), balki uning kesib qo‘yilgan po‘stlog‘idan oqadigan «suti»da. Shuning uchun uni tub aholi «sutli daraxt», deb ataydi.

Daraxtdan bir soat ichida 1 litr sigir sutiga o‘xshash sut olish mumkin. Lekin u ochiq havoda tez quyuqlashadi va ta’mi achchiq bo‘lib qoladi. Qizig‘i shundaki, daraxt yilning xohlagan paytida «sut» beraveradi.

Mutaxassislarning fikricha, «sut» tarkibida 57 foiz suv, 37 foiz mum va 5 foiz yelim hamda shakar moddasi bor. Mahalliy aholi unga suv qo‘shib iste’mol qiladi.

Xitoy, Hindiston va Yaponiya aholisi esa sutni kokos yong‘og‘idan va moyli o‘simliklar urug‘idan ham oladi.

Foto: Google Images
Kolbasa daraxti
Ganada (Afrika) dunyoning boshqa biror joyida o‘smaydigan daraxtlar bor. Ulardan biri kolbasali daraxt bo‘lib, nomi kigeliyadir. Uning mevasi tashqi ko‘rinishidan kolbasani eslatadi. Bu ham yetmagandek, aynan kolbasaning ta’mini beradi.

Foto: Google Images

Ham yong‘oq, ham olma daraxti

Braziliyaning shimoli-sharqidagi o‘rmonlarda ajoyib o‘simlik o‘sa¬di. Uning nomi kaju. Unda bir vaqtning o‘zida ham yong‘oq, ham olma pishadi. Daraxtning bo‘yi 10–12 metr. Bir mavsumda undan 10–12 kilogramm yong‘oq, 30 kilogramm atrofida olma uzib olinadi.

Qovun daraxti
Tabiatda qovun daraxti ham mavjud. Bu juda tez o‘sadigan tropik o‘simlik bo‘lib, 60 metr balandlikkacha o‘sadi. Mevasining og‘irligi 2 kilogrammgacha tosh bosadi. Tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi qovunga o‘xshaydi. XVI asrda qovun daraxti Panamadan Sharqqa olib kelingan. Hozir bu daraxt Markaziy Amerika, Hindiston va Avstraliyada o‘stiriladi.

Foto: Google Images

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning "eng antiqa": sut, kolbasa va yog‘ daraxtlari (foto)