00:04 / 09.09.2018
10 766

Bashoratchilik haqiqatmi yo tasodifmi?

Bashoratchilik haqiqatmi yo tasodifmi?
Insoniyat, dunyo tarixiga nazar solsangiz, oʻtmishda kelajakdan soʻylovchi alohida odamlar koʻpchilikni tashkil etganiga guvoh boʻlasiz. Asrlar osha ularga turlicha munosabatda boʻlingan. Baʼzilar ularni shayton malaylari deya tahqirlasa, baʼzilar paygʻambar darajasida hurmatlagan. Ayrim bashoratchilar esa davlatlar rahbarlarining tazyiqlariga uchragan, ularni oʻlimga mahkum qilishgan.

XX asrni bashoratchilarning gullab-yashnagan davri deb atash toʻgʻriroq boʻlsa kerak. Asr davomida hatto davlatlar rahbarlari, badavlat va mashhur shaxslar bashoratchilar, ekstrasenslar koʻmagisiz bir qadam oldinga yurishmagan. Shundaylar sirasiga fashizm asoschisi va homiysi Adolf Gitler, Artur Konan Doyl, Amerika sobiq prezidenti Ruzveltlarni kiritsa boʻladi. Ularning shaxsiy ekstresens, bashoratchilari boʻlgan va barchalari oʻshalarning aytgani boʻyicha harakatlar sodir etishgan.

Basharti bashoratchining aytgani yuz bermasa, yoki aksi sodir boʻlsa, oʻsha zahoti u bilan shartnoma bekor qilingan, yoki oqibati oʻlim bilan tugagan. Misol uchun, Gitler juda koʻp bashoratchilarni tekshiruvdan oʻtkazgan. Shular orasidan biri Karl Kraftni tanlagan. Kraft mistika olamida oʻz davrining tengsiz bashoratchisi sifatida fashizm asoschisida kuchli tasavvur uygʻota olgan. Qolgan bashoratchi va ekstrasenslarni Gitler toʻppa-toʻgʻri konslagerlarga tashlagan…

Oʻsha paytlarda Lui de Voll, Karl Kraft, Jeyn Dikson, Jin Xyuston kabi bashoratchilarning qabuliga kirish oson emasdi. Odamlar, asosan boyvachcha va mashhur shaxslar oylab kutishardi. Oddiy odam ularning qabulidan umid qilmasa haqiqatga yaqinroq edi.

EDGAR KЕYSI

Oʻzining bashoratlari bilan dunyodagi korchalonlarni hayratga sola bilgan shaxslardan biri amerikalik Edgar Keysi edi. U mistika ustasi va kuchli bashoratchi sifatida oʻz davrida yashagan odamlar qarshisida nom qozongan. Edgar Keysi jodu, reinkarnatsiya, mistik tabiblik bilan shugʻullangan. Trans holatiga kirish ham Edgar uchun mushkul emasdi. Ammo bunday harakatga gohi-gohida rozilik bildirgan. Chunki trans holatidan chiqqach, u oʻzini juda yomon his eta boshlardi. U sobiq sovetlar mamlakati parchalanishi, Birinchi va Ikkinchi jahon urushi boshlanish sanasini toʻgʻri topgan bashoratchilardan sanaladi.

NOSTRADAMUS

Oʻz davrining yana bir mashhur bashoratchilaridan biri fransiyalik Mishel de Nostrdam xalqlar orasida buyuk Nostradamus nomi bilan cheksiz hurmatga ega boʻlgan. Hayoti davomida bu alximik koʻplab bashoratlarni yozib qoldirgan. Ular toʻrt misrali sheʼrlar koʻrinishida bitilgan. Hozirgi kunda ham olimlar Nostradamusning oʻsha bashoratlarini tarjima qilib tugata olishmadi. Nostradamus qirol Genrix II ning favqulodda oʻlim topishini bashorat qilgan.

Odamlar oʻsha bashorat toʻgʻri chiqqandan keyin Nostradamusni eʼzozlay boshlashgan. Aynan u qirol Lyudovik XIV kardinal Mazarini olamdan oʻtishi bilan 1661 yildan boshlab Fransiyani boshqara olishini ham bashorat qilgan. Bundan tashqari, u Napoleon Bonapart hukmdorligi bilan bogʻliq bir necha bashoratlarini ilgari surgan va bashoratlari toʻgʻri chiqqan. Qolaversa, hozirgi MDH davlatlari 73 yil totalitarizm azobini boshdan kechirishlariga ham ishora qilib oʻtgan. Bunda bolsheviklar hukmronligini nazarda tutgan.

VANGA

Bolgariyalik bashoratchi Vanga ham dunyo ahlini oʻz bashoratlari bilan hayratga sola bildi. U soʻqir edi. Bolaligidan quyun changaliga tushgan-u, koʻrish imkonidan mahrum boʻlgan. Bir umr soʻqirlikda yashadi va olamshumul bashoratlarni oʻrtaga tashladi. Masalan, Vanga Angliya malikasi Diananing tasodifiy oʻlimini ham oldindan aytgan. Ajablanarlisi, Vanga bu fojia oʻzi yorugʻ dunyoni tark etgan kuni sodir boʻlishini alohida taʼkidlagan.

Shunday boʻldi ham. Shu bilan birga u Amerika hech qachon dunyoga yagona hukmdor boʻla olmasliginii, kunlarning birida sezilarli darajada ojizlashib, qoʻl ostidagi davlatlar ustidan hukmronlikni ham yoʻqotishini bashorat qilgan. Vanga qachonlardir Rossiyada bir xonanda paydo boʻlishi va dunyoni oʻz sanʼati bilan lol qoldirishini aytgan. Oʻshanda u Filipp Kirkorovni nazarda tutgandi. Vanga u bir kun kelib estrada qiroli sifatida eʼtirof etilishini alohida taʼkidlagan.

RASPUTIN

Oʻz davrining mashhur olimi Grigoriy Rasputin bashoratchilikdan ham alohida isteʼdodga ega boʻlgan. Ammo yolgʻonni koʻp ishlatishi tufayli zamondoshlari kabi mashhurlik shohsupasini u qadar zabt eta olmagan. Lekin Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat haqida qilgan bashorati toʻgʻri chiqqan. Rasputin aytgandiki, Chernobil atom elektr stansiyasi butun dunyo boʻyicha ajal qulfi hisoblanib, oʻsha qulf kutilmaganda ochiladi-yu, qon boʻlak-boʻlak, qotgan holatda yer yuzini qoplaydi. Bu ajal qulfi yetti asr falokat yuz bergan joyda hayot boʻlmasligini taʼminlaydi…

Rasputin 2013 yilgi Uzoq sharqdagi suv toshqini, Uchinchi jahon urushi boshlanish vaqtigacha bashorat qilgan.

MЕSSING

Volf Grigoryevich Messing ham oʻz davrining oʻta sirli bashoratchilaridan hisoblangan. Uning aytadigan bashoratlari dafʼatan miyasiga kelgan va darhol ularni yo qogʻozga tushirishi, yo aytishi lozim boʻlgan. Baʼzan bashoratlar miyasiga quyilib kelishi oqibatida oʻlim bilan olishishiga ham toʻgʻri kelganligi tarixiy maʼlumotlarda koʻrsatib oʻtiladi. Messing Ikkinchi jahon urushi boshlanish vaqti va bu urushda nemislar magʻlub boʻlishini Germaniyaga tashrifi doirasida bashorat qilgan ekan. Bu voqea Germaniyadagi teatrlardan biri sahnasida sodir boʻlgan.

Aytishlaricha, Messing sahnada oʻsha bashoratini toʻxtovsiz gapirgan holda eʼlon qilgan va soʻzini tugatishi bilan polga yuztuban yiqilib hushidan ketgan. Xuddi shu bashorati tufayli Messing gitlerchilar taʼqibiga uchragan. Lekin topa olishmagan. Messing keyinchalik gʻalaba sanasini ham aniq bashorat qilgan. Keyingi bashorati esa Stalinning oʻlimi bilan bogʻliq boʻldi. Ajablanarlisi, bu bashoratni Stalinning oʻziga Kreml yaqinida aytgan. Uni Stalin oʻshanda tekshirib koʻrish uchun Kremlga taklif etgandi. Haqiqatan, Messing bashorat qilishicha, Stalin 1953 yil 5 martida miyaga qon quyilishi tufayli jon bergan.

Messingning eng dahshatli bashoratlaridan biri oʻz oʻlimi sanasini aytish boʻlgan. Haqiqatan, u xastalanib yotib qolgan. Qarangki, jon shirinligidan taqdir hukmini qaysidir yoʻl bilan oʻzgartirishga, qismatdan qochib qutulishga uringan, ammo uddasidan chiqa olmagan.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashoratchilik haqiqatmi yo tasodifmi?