
Litva Belarus bilan chegaradagi ikki o'tish punktini belgilangan muddatdan oldin ochishga qaror qildi. Gap Shalchininkay va Myadininkay o'tish punktlari haqida bormoqda.
Ushbu punktlar oktyabr oxirida Belarusdan uchib kelgan va Vilnyus aeroporti ishiga xalaqit bergan meteo-sharlar sababli yopilgan edi. Dastlab cheklovlar 30-noyabrgacha davom etishi kutilgan edi.
Ichki ishlar vaziri Vladislav Kondratovichning so'zlariga ko'ra, vaziyat o'zgargan va avvalgi choralar endi zarur emas. Ammo hukumat ta'kidlamoqda: agar kontrabanda sharlariga oid muammo yana paydo bo'lsa, chegaralar qayta yopilishi mumkin.
Bosh vazir Inga Ruginene esa meteo-sharlar soni sezilarli darajada kamayganini va aeroport barqaror ishlayotganini qayd etdi. Uning so'zlariga ko'ra, o'tish punktlarining ishini tiklash uchun bir kun yetarli bo'ladi.
17-noyabr kuni Polsha Belarus bilan chegaradagi nazorat punktlarini qayta ochganidan so'ng, Litva Belarus chegara xizmati bilan texnik muzokaralar o'tkazdi. Uchrashuvda kontrabanda, migratsiya va qo'shni mamlakatda to'xtab qolgan litvalik yuk mashinalari masalalari ko'rib chiqildi.
Litva Chegara xizmati rahbari Rustamas Lyubayevasning aytishicha, Belarusiya hamkorlikka tayyorligini bildirgan. Litva chegara xizmati kontrabanda sxemalarini to'xtatishni va tiqilib qolgan yuk mashinalariga o'z mamlakatlariga qaytish imkonini berishni talab qildi.
Avvalroq, Belarus Litva yuk mashinalarining chegaradan o'tishini to'xtatgan, buning oqibatida mingdan ortiq avtomobil navbatda qolib ketgan edi. Minsk esa kontrabanda ayblovlarini rad etib, bu ishda litvaliklarning o'zlari ishtirok etayotganini ta'kidlagan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Vilnyusning o'tish punktlarini yopish qarorini "aqlsiz avantyura" va "hatto kichik davlatga ham noloyiq harakat" deb tanqid qilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.