
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Anqarada Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvidan so‘ng Rossiya–Ukraina urushi bo‘yicha izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, mojaroni to‘xtatish va muzokaralar jarayonini jadallashtirish uchun Rossiya bilan bir qatorda AQSHning ham faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Moskva bilan adolatli, barqaror va uzoq muddatli tinchlikka zamin yaratadigan takliflarni muhokama qilishga tayyor.
"Biz, avvalo, Rossiya bilan yarashuvni tezlashtirishi mumkin bo‘lgan tashabbuslarni ko‘rib chiqishga hozirmiz. Bu jarayonda Amerika Qo‘shma Shtatlari hamkorligini juda muhim deb bilamiz," — dedi Turkiya rahbari OAVga bergan bayonotida.
Anqaraning fikricha, Vashingtonning qo‘shilishi diplomatik jarayonga yangi sur’at beradi va tomonlarni muzokara stoliga yaqinlashtirishda katta rol o‘ynashi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.