100 marta o‘tirib-turish jazosi bilan 12 yoshli o‘quvchi vafot etdi

1 daqiqa o'qish7.9K
100 marta o‘tirib-turish jazosi bilan 12 yoshli o‘quvchi vafot etdi

Hindistonda o‘qituvchi tayinlagan og‘ir jazo 12 yoshli qizcha hayotiga nuqta qo‘ydi. NDTVning yozishicha, Kajal Gond ismli o‘quvchi maktabga 10 daqiqa kech kelgani uchun 100 marta o‘tirib-turish mashqini bajarishga majburlangan. Jazodan keyin beli qattiq og‘riqqa tushib, ahvoli kun davomida yanada og‘irlashgan.

Qiz avval Nallasoparadagi shifoxonaga yotqizilgan, keyin esa holati yomonlashgani uchun Mumbaydagi kasalxonaga ko‘chirilgan. Ammo shifokorlar harakatlariga qaramay, u davolanish vaqtida vafot etgan.

Kajalning ota-onasi bu fojiani aynan o‘qituvchi bergan jazo keltirib chiqarganini aytishgan. Ularga ko‘ra, qiz 100 marta cho‘kkalab turish mashqini bajarayotganda maktab sumkasini yelkasidan tushirmagan va bu og‘riqni yanada kuchaytirgan.

OAV ma’lumotlarida o‘limning aniq sababi hali e’lon qilinmagan. Qiz qanday tashxis bilan shifoxonaga yotqizilgani, qancha vaqt davolangani yoki avvaldan qandaydir tibbiy muammosi bo‘lgan-bo‘lmagani haqida ham ma’lumot berilmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?