Tropiklar va jamoat salomatligi Shveysariya instituti olimlari shahardagi shovqinning yuqoriligi yurak-tomir kasalliklari xavfini sezilarli oshirishi haqidagi xulosaga kelishdi. Aniqlanishicha, yirik shaharlarda yuqori darajadagi shovqin sog‘liqqa havoning ifloslanganligidan ko‘proq ta’sir qilar ekan.
Olimlar buni aniqlash uchun Shveysariyada 2000 yildan 2008 yilgacha qayd qilingan 19,2 mingta o‘limni tahlil qilishgan. Natijada yurak xurujlari xavfi havoning ifloslanganligi darajasi har 10 mikrogramm mayda zarraga oshganda 5,2 foizga oshar ekan. Biroq shovqin ta’siri bo‘lmasa, ushbu xavf 2-3,4 foizgacha kamayar ekan. Shu tariqa, olimlar shovqin inson organizmiga havoning ifloslanganligidan ko‘proq zarar keltirishi haqidagi xulosaga kelishgan.
Bundan avvalroq shvetsiyalik olimlar havo haroratining nol darajadan past bo‘lishi yurak xuruji xavfini oshiruvchi omil bo‘lishi mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgani ma’lum qilingandi. Olimlar buni yurak xurujlari sovuq havoda 10 foizga ko‘proq yuz bergani bilan tushuntirishgan. Bunga esa sovuq havoda tomirlar torayishi, buning oqibatida esa yurakka kamroq kislorod yetib borishi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, sovuq havoda tez-tez gripp bo‘lish va shamollash ham yurak xurujlari xavfini oshirar ekan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!
“O‘zgidromet” 11 may kuni yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor hududlarni ma’lum qildi
Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi