08:47 / 08.05.2024
142

“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi

“Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi
Foto: Anadolu
“Hizbulloh” 7 may kuni Livan chegarasiga yaqin hududdagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirgan. Bu haqda Anadolu nashri Yaqin Sharq manbalariga asoslanib xabar berdi.

Isroil harbiy inshootlariga hujumni “Hizbulloh” matbuot kotibi tasdiqlagan. Hujum asosan Yiftah harbiy kazarmasi va undagi Isroil askarlariga qarshi qaratilgani aytilgan.

Manbaga ko‘ra, Isroilga qarshi hujumda “Hizbulloh” uchuvchisiz dronlardan ham foydalangan. Ular yordamida strategik muhim nuqtalarga hujum qilishga urinilgan.

Harbiy dronlar Ramot Naftali kazarmasi janubidagi “Temir gumbaz” mudofaa tizimi inshootlariga ham hujum qilgani aytilgan. Hujum oqibatida tizim qisman shikastlangan.

"Hizbulloh", shuningdek, Al-Samaqa aholi hududi va Livan janubidagi bosib olingan Sheba punktidagi Zabdin kazarmasi bo‘ylab Isroil kuzatuv uskunalarini nishonga olgan. Buning oqibatida Isroil shimolidagi Kiryat Shmona aholi punkti va uning atrofida sirenalar chalingan.

Isroil asmiylar hujumlar oqibatida jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar haqida xabar bermagan. Harbiy muassasalarga yaqin aholi maskanlarida xavfsizlik tadbirlari kuchaytirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi