5 507
Atlantika okeanida bir yil avval yo‘qolib qolgan “San-Xuan” suv osti kemasi topildi (foto)
Atlantika okeanida bir yil avval yo‘qolib qolgan, Argentinaga qarashli “San-Xuan” suv osti kemasi topildi. Kemani AQShning Ocean Infinity kompaniyasi aniqlagan. Avvalroq kompaniya kema yo‘qolgan hududda 800 metr chuqurlikda uzunligi 60 metr keladigan yirik ob’ektni aniqlagani ma’lum qilingandi. Seabed Constructor kemasi ushbu ob’ektni boshqariluvchi suv osti qurilmasi yordamida tadqiq qilgan.
Kema 2017 yil 15 noyabrda Mar-del-Platadagi Ushuayya harbiy-dengiz bazasiga yo‘nalayotganda yo‘qolib qolgan. Kema bortida 44 kishi bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, kema sohildan 500 km uzoqlikda topilgan. Uning bo‘laklari kema atrofida 80-10 metrgacha sochilib yotgan. Kapitan Enrike Balbining aytishicha, bu katta ehtimollik bilan, kema oxirgi aloqaga chiqqandan 2 soat o‘tib, u suv tubiga yaqin bo‘lganda unda ichiga yo‘nalgan portlash sodir bo‘lganini anglatadi.
Foto: AP
Argentina prezidenti Maurisio Makri kema ekipajining halokati munosabati bilan 3 kunlik motam e’lon qildi.
“Ularning barchasiga hurmat bajo keltirish sifatida 3 kunlik motam e’lon qilamiz”, deb aytilgan prezident bayonotida.
Makri, shuningdek, suv osti kemasini izlashda ishtirok etgan barcha davlatlarning ishini yuqori baholab, ularga minnatdorlik bildirgan.
Foto: AP Photo/Federico Cosso
Kema Germaniyada qurilgan, Argentina harbiy-dengiz kuchlari safiga esa 1985 yilda kiritilgan. Kemaning uzunligi 66 metrni tashkil qilgan. Bunday turdagi suv osti kemalari suv sirtiga chiqmay 2 kungacha suv ostida qolishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi