Foto: Facebook
Amerikaning Illinoys shtatida yashovchi ayolga 75 yil avval yo‘qolgan hamyoni qaytarildi. «Korresporndent.net»ning yozishicha, bu haqda cherkov xizmatchisi Set Balsell o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Sentraliya shahridagi cherkov ishchilari hududdagi eski maktab binosini tekshirish vaqtida maxfiy joy borligini aniqlagan. Unda 1940 yil o‘rtalarida o‘g‘irlangan deb taxmin qilinayotgan 15 ta hamyon topilgan.
Cherkov xizmatchisi Set Balsell topilmani suratga olib, tarmoqda joylagan. Oradan bir qancha vaqt o‘tib joylangan surat mashhur bo‘lib ketgan va unga Betti Jun ismli 89 yoshli ayol murojaat qilib, hamyonlardan biri uniki ekanligini aytgan. Ayol, o‘g‘ri hamyondagi pullarni o‘g‘irlagan bo‘lsa ham, undagi esdalik suratni qoldirgani uchun topilmadan xursand ekanligini bildirgan.
Balsellning aytishicha, hamyonning yana beshta egasi u bilan bog‘langan. Qayd etilishicha, u barcha hamyonlarning barcha egalarini topish niyatida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi