Foto: “RIA Novosti”
Aleksandr Lukashenko harbiy poligonga borganida jurnalistlarga bolalikda oʻgʻlini qanday jazolaganini aytdi, deb yozadi “Xabar” nashri “RIA Novosti”ga tayanib.
— Yaxshi kamar baʼzan bola uchun foydali. Viktor, katta oʻgʻil boʻlgani uchun koʻpincha mendan oladiganini olgan, — deydi Lukashenko.
Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, Dmitriy — oʻrtancha oʻgʻli — buni koʻrib, yuvosh tortgan. Kichik oʻgʻli Nikolayni esa Lukashenko umuman jazolamagan.
— Chunki u bunga zarurat qoldirmagan, — deb taʼkidlaydi prezident.
Umuman olganda, Belarus yetakchisi bolalarni jazolash tarafdori emasligini, lekin baʼzi vaziyatlarda boshqa iloji qolmasligini tan olgan.
Davlat rahbarining taʼkidlashicha, Belarus oʻz hayotini barpo etishda va farzandlarini tarbiya qilishda Gʻarb formulasiga emas, slavyan anʼanalari hamda hayotiy tajribalariga tayanadi.
— Ularda (Gʻarbda — tahr.) hademay oila boʻlmaydi: erkak erkakka uylanadi yoki turmushga chiqadi. Hech kim bola tugʻmay qoʻyadi. Biz esa oiladagi qandaydir axloq qoidalarini ulardan oʻzlashtiryapmiz, — deydi Lukashenko. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?