Britaniyalik ixtirochi Richard Brauning reaktiv kostyumda parvoz qilishda o‘rnatgan tezlik rekordini yangiladi. “Uchar odam” ushbu qurilmada 136 km/soat tezlikka erisha oldi.
Brauning o‘zi ishlab chiqqan maxsus kostyumda suv ustida 500 metrga yaqin masofani uchib o‘tgan. U 2017 yilda o‘rnatgan tezlik rekordini yangiladi. O‘shanda uning tezligi ancha pastroq – 53 km/soat bo‘lgan.
Britaniyalik ixtirochining qurilmasi ming ot kuchiga ega 5 ta turbinadan iborat bo‘lib, u shlemda joylashgan displey yordamida boshqariladi.
Yaqin orada Brauning ushbu innovatsion kostyumni sotishni yo‘lga qo‘ymoqchi. U, shuningdek, kostyumni xarid qilgan istalgan odam ishtirok etishi mumkin bo‘ladigan Gravity Race Series poygalarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi