Foto: AFP
Xitoyda tarqalgan yangi koronavirusning birlamchi alomatlari shamollashdagi kabi bo‘ladi. Bu asosan tana harorati ko‘tarilishi va yo‘tal hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu kasallik dastlabki bosqichda boshqacha ko‘rinishda ham namoyon bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi NHK telekanali.
Yaponiyalik jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, virus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahrida u bilan chaqiriluvchi zotiljamdan kasallanganlar ko‘p sonda kuzatilmoqda. Biroq shifoxonalarga murojaat qilganlarning ko‘pchiligi isitma va yo‘talga shikoyat qilishmagan.
Misol uchun, yangi turdagi zotiljamdan kasallanganlardan birida 3 kun davomida ichburug‘ kuzatilgan va u shu muammo bilan shifoxonaga kelgan. Unda koronavirus borligi kompyuter tomografiyasi va qo‘shimcha tahlillar natijalari olingandan keyingina aniqlangan. Shifokor bemor boshqa kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lganini bilgach uni sinchkovroq o‘rganishga qaror qilgan.
Shifokorlar koronavirusning birlamchi alomatlari orasida nafaqat isitma va yo‘tal, balki ovqat hazm qilish va asab tizimidagi turli buzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Jumladan, gap oshqozon faoliyati buzilishi, ko‘ngil aynish, bosh og‘rig‘i va umumiy holsizlik haqida bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi