10:32 / 30.01.2020
3 372

Koronavirus butun Xitoy bo‘ylab tarqaldi. Qurbonlar soni 170 kishiga yetdi

Koronavirus butun Xitoy bo‘ylab tarqaldi. Qurbonlar soni 170 kishiga yetdi
Foto: AFP
Xitoyda yangi koronavirusdan vafot etganlar soni 170 nafarga, kasallanganlar soni 7771 nafarga yetdi. Shuningdek, virus Xitoyning Tibet provinsiyasida ilk bor qayd qilindi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
Shu tariqa koronavirus butun Xitoyni qamrab oldi. Avvalroq Tibetda koronavirusni yuqtirish holati qayd etilmagandi.

Bir kun avval virusdan 132 kishi vafot etgani, 5974 kishi kasallangani ma’lum qilingandi. Bundan ko‘rish mumkinki, bir kun ichida qurbonlar soni 38 nafarga, kasallanganlar soni esa 1737 nafarga oshgan. Qurbonlarning 37 nafari virus o‘chog‘i hisoblangan Xubey provinsiyasiga to‘g‘ri kelgan.

Shifoxonada qolayotgan bemorlardan 124 kishiga javob berilgan.
Dunyoda yangi virusdan kasallanganlar umumiy soni 8 ming kishiga yetdi. Xitoyda 7771 ta, uning ma’muriy hududlari hisoblangan Hongkongda 10 ta, Makaoda 7 ta va Tayvanda 8 ta kasallanish holati qayd etilgan.

Osiyoning qolgan davlatlarida koronavirusdan 71 ta, Yevropada 8 ta, Shimoliy Amerikada 8 ta, Avstraliyada 5 ta va dunyoning boshqa hududlarida 5 ta kasallanish holati qayd etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus butun Xitoy bo‘ylab tarqaldi. Qurbonlar soni 170 kishiga yetdi