08:29 / 13.02.2020
4 210

Yaponiyalik qariya sayyoradagi eng keksa erkak deb tan olindi

Yaponiyalik qariya sayyoradagi eng keksa erkak deb tan olindi
Foto: kyodonews.net
Yaponiyada yashovchi 112 yoshli qariya sayyoradagi eng keksa erkak deb tan olindi. Shu munosabat bilan u Ginness rekordlar kitobiga kiritildi.
Bu haqda Kyodo News nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Titetsu Vatanabe ismli ushbu qariyaga rekordlar kitobining tegishli guvohnomasi u yashaydigan Niigata shahridagi qariyalar uyida topshirilgan.
Qariyalar uyi xodimlarining ta’kidlashicha, qariyaning sog‘lig‘i yaxshi holatda.

Rekordchi 1907 yil 5 mart kuni dunyoga kelgan. U 20 yoshida Tayvanga ko‘chib o‘tgan va u yerda 18 yil yashagan. Qariya Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiyaga qaytgan va pensiyaga chiqquncha davlat xizmatchisi bo‘lib ishlagan.
Erkakning 5 farzandi, 12 nabirasi, 16 abirasi hamda bir nafar chevarasi bor.

Bungacha sayyoradagi eng keksa erkak nomi yana bir yaponiyalik - Masadzo Nonakaga tegishli edi. U 2019 yil 20 yanvarda 113 yoshida vafot etgan.
Yanvar boshida sayyoramizning rasman eng keksa vakili deb topilgan yaponiyalik Kane Tanaka ismli ayol 117 yoshini qarshilagani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik qariya sayyoradagi eng keksa erkak deb tan olindi