13:12 / 10.03.2020
3 600

Tekshiruv yuqori darajada: Si Szinpin Uxanga bordi

Tekshiruv yuqori darajada: Si Szinpin Uxanga bordi
Foto: «REUTERS»
Xitoy yetakchisi Si Szinpin epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha ishlarni tekshirish uchun yangi koronavirus o‘chog‘iga aylangan Uxan shahriga bordi, deya xabar berdi «RIA Novosti»ga tayanib "Xabar" nashri.

XXR raisi xizmat safari mobaynida COVID-19 ga qarshi kurash va profilaktika bo‘yicha chora-tadbirlar bilan tanishadi, shifokorlar, harbiylar, xavfsizlik xizmati xodimlari, bemorlar va mahalliy aholi bilan uchrashadi.

Ta’kidlanishicha, Uxan shahri koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan Xitoydagi yagona joy bo‘lib qolmoqda, mamlakatning boshqa hududlarida aniqlanganlari esa chetdan kirib kelgan. Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 3136 kishiga yetdi, qariyb 60 nafar odam tuzaldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tekshiruv yuqori darajada: Si Szinpin Uxanga bordi