23:30 / 29.03.2020
2 712

Madridda koronavirus qurbonlariga motam e’lon qilindi

Madridda koronavirus qurbonlariga motam e’lon qilindi
Foto: AA
Madrid avtonom hamjamiyatida koronavirus qurbonlariga motam e’lon qilindi. 30 martdan boshlab alohida buyruq berilgungacha bayroqlar tushirib qo‘yiladi, har kun tush vaqtida bir daqiqalik sukut e’lon qilinadi.

Bu haqda hamjamiyat rahbari Isabel Dias Ayuso e’lon qilgan.
Farmoyishda ta’kidlanishicha, bu halok bo‘lganlar xotirasiga” va “Madrid aholisi chekayotgan dard-musibatlarning dalili” sifatida amalga oshirilmoqda.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniya poytaxtida va unga yondosh Madrid hamjamiyatida koronavirusdan 3082 kishi vafot etgan. Bu Ispaniyada koronavirusdan o‘lish holatlarining (6528 ta) deyarli yarmini tashkil qiladi. Hozirda Ispaniyada koronavirusga chalinganlar umumiy soni 79 mingga yaqinni tashkil qilmoqda, qurbonlardan 22677 nafari Madridga to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Madridda koronavirus qurbonlariga motam e’lon qilindi