Foto: Inc.
Visa to‘lov tizimining jamg‘armasi Visa Foundation butun dunyoda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 200 million dollarlik dastur ish boshlaganini ma’lum qildi. Bu mablag‘ning uchdan bir qismi ayol tadbirkorlarga yordam berish uchun sarflanadi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Dastur dunyo bo‘ylab kichik va mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlaydigan notijorat tashkilotlarga beriladigan 200 million dollar yordamni o‘z ichiga oladi. Ushbu mablag‘ning qariyb 60 million dollari tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi. Shuningdek, Visa Foundation kichik va mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlaydigan investitsion sheriklarga 140 million dollar beradi.
«Mahalliy korxonalar bilan ishlaydigan global kompaniya sifatida biz yordamga ehtiyoj borligini yaxshi tushunamiz. Biz iqtisodiyotning uzoq muddatli tiklanishiga yordam beramiz va iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish yo‘llarini izlashda davom etamiz», — dedi Visa’ning bosh direktor va raisi El Kelli.
Visa’ning bayonotida ta’kidlanishicha, kichik va mikrobiznes global iqtisodiyotning asosi hisoblanadi. Ular dunyo bo‘ylab korxonalarning 90 foizdan ortig‘ini va global bandlikning 50-60 foizini tashkil etadi.
Avvalroq ba’zi G‘arb mamlakatlari hukumatlari kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lum qilgan. AQSH hukumati koronavirus sababli faoliyati to‘xtagan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 350 milliard dollar ajratishga qaror qildi va prezident Donald Tramp agar mablag‘ yetmasa, yana ko‘proq berishga tayyorligini aytdi. Buyuk Britaniya hukumati kompaniyalarning ish haqi bo‘yicha xarajatlarining 80 foizini, Daniya hukumati esa 90 foizini qoplaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi