17:35 / 27.06.2020
7 503

Endi Turkmanistonda koronavirus haqida gapirish mumkin

Endi Turkmanistonda koronavirus haqida gapirish mumkin
Turkmaniston hukumati mahalliy shifokorlarga koronavirus haqida gapirishga, himoya qo‘lqoplari, kiyimlari va niqoblarida ishlashga ruxsat etdi.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarga «Remantadin» dorisini buyurish tayinlandi.
Xabar berilishicha, Turkmanobod shahri kasalxonalarida kamida 13 nafar koronavirusga chalingan bemor bor.

Turkmanistonda koronavirus yo‘q, degan iddaoni tasdiqlash uchun ularni Xalqaro Sog‘liqni saqlash jamg‘armasining bu mamlakatga qilinadigan vizitidan oldin boshqa joyga ko‘chirish rejalashtirilmoqda.

«Xronika Turkmenistana» sayti xabariga ko‘ra, koronavirusga chalingan bemorlar tutib turilgan kasalxonada hozir hech kim qolmagan. Ko‘pchilik bemorlar uylariga qo‘yib yuborilgan, ularga shifokorlar qarab turishadi. Yana bir necha kishi Garashsizlik mintaqasida joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylangan.

JSST vakillari iyul oyida Turkmanistonga kelishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Endi Turkmanistonda koronavirus haqida gapirish mumkin