16:27 / 14.07.2020
3 110

Dubayda ushlangan Instagram yulduzining uyidan 37 million dollar va 13 ta luks avtomobil chiqdi (video, foto)

Dubayda ushlangan Instagram yulduzining uyidan 37 million dollar va 13 ta luks avtomobil chiqdi (video, foto)
Raymond Abbos ismli 38 yoshli blogerning Instagram ijtimoiy tarmog‘ida 2,4 milliondan oshiq obunachisi bor. U shu paytgacha o‘zini muvaffaqiyatli binokor-biznesmen tarzida ko‘rsatib, ko‘pchilikni laqillatib kelgani aniqlandi.

Raymond Abbosni kuni kecha Dubayda politsiya qo‘lga oldi – uni kiber-firibgarlikda hamda «pul yuvish»da ayblashmoqda. Gumonlanuvchi ko‘pdan beri turli banklar va katta kompaniyalarning feyk saytlarini yasab, ularning mijozlari kredit kartalaridan mablag‘larni o‘g‘irlab kelgan.

Xabarga ko‘ra, Abbosning uyidan 30 million funt sterlingdan (37 million AQSH dollaridan) oshiq miqdorda naqd pul chiqqan. Bugina emas, soxta biznesmen o‘z hovlisida 13 ta luks toifali avtomobil va ko‘plab boshqa qimmatbaho narsalar ham yashirib qo‘ygan ekan.

Tergov ishlari jarayonida Raymond Abbosning telefonlari, kompyuterlari hamda qattiq xotira disklarida salkam 2 million nafar qurbonlarning elektron pochta manzillari mavjudligi aniqlangan. Uning ustidan ochilgan jinoyat ishi hali davom etmoqda.



Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda ushlangan Instagram yulduzining uyidan 37 million dollar va 13 ta luks avtomobil chiqdi (video, foto)