16:25 / 22.07.2020
4 094

Afg‘onistonlik Qamar Gul ota-onasini o‘ldirgan toliblarni otib tashladi

Afg‘onistonlik Qamar Gul ota-onasini o‘ldirgan toliblarni otib tashladi
Afg‘onistonlik Qamar Gul ismli qiz ota-onasini o‘ldirgani uchun “Tolibon” harakatining bir necha a’zosini Kalashnikov avtomatidan otib tashladi, deya xabar beradi The Guardian.

Voqea o‘tgan hafta G‘ur viloyatining Garivah qishlog‘ida ro‘y bergan. 17 iyul kuni Qamar Gul yashaydigan uyga bostirib kirgan toliblar uy egasi va uning rafiqasini otib o‘ldirgan. O‘sha paytda uyda bo‘lgan Qamar Gul Kalashnikov avtomatini olib, bosqinchilarga qarata o‘q uzgan: ikki tolib o‘lgan, bir necha nafari yaralangan. Shundan so‘ng boshqa toliblar yordamga kelgan, biroq qishloqdagilar va hukumat kuchlari ularni chekinishga majbur qilgan.

Xabarda aytilishicha, Qamar Gul yo 14, yoki 16 yoshda. Hodisadan so‘ng uni 12 yoshli ukasi Habibulloh bilan birga xavfsiz joyga olib borishgan.
Dastlabki kunlarda ular shokda edi, gapira olishmayotgandi, hozir o‘zlariga kelib qolishdi”, – deydi G‘ur viloyati hokimi Muhammad Orif Abar.

Ushbu voqeadan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Qamar Gulning avtomat tutgan rasmi tarqalib ketdi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonlik Qamar Gul ota-onasini o‘ldirgan toliblarni otib tashladi