07:00 / 18.09.2020
1 692

Bahrayn valiahd shahzodasi koronavirusga qarshi vaksina sinovida ishtirok etadi

Bahrayn valiahd shahzodasi koronavirusga qarshi vaksina sinovida ishtirok etadi
Salmon ibn Hamad ibn Iso Al Halifa / Foto: AP
Bahrayn valiahd shahzodasi Salmon ibn Hamad ibn Iso Al Halifa qirollik oilalarining koronavirusga qarshi vaksina sinovlarida ko‘ngilli tarzda ishtirok etadigan birinchi vakillaridan biri bo‘ldi. Shahzoda Xitoy kompaniyasi ishlab chiqqan vaksina sinovida ishtirok etadi.

Biz Bahraynda avval koronavirusni davolash va tahlil qilishdagi ilg‘or tajribamiz bilan bo‘lishib, so‘ngra xavfsiz tahlil o‘tkazish va vaksina ishlab chiqilishini qo‘llab-quvvatlab oldinga bir qadam tashlaganimiz va o‘z zimmamizga mas’uliyatni olganimizni faxr bilan ayta olamiz”, deb aytgan valiahd shahzoda.

The Guardian nashrining xabar berishicha, shahzoda Xitoyning Sinopharm kompaniyasi ishlab chiqayotgan vaksinaning klinik sinovlarida ishtirok etadi. Ushbu vaksinaning 3-bosqich sinovlari yaqinda boshlangan. Unda 6 ming ko‘ngilli ishtirok etmoqda.

Ayni vaqtda Bahraynda 62 mingdan ko‘proq kishi koronavirusga chalingan, ulardan 216 nafari vafot etgan.
Hozirda Xitoyda ishlab chiqilayotgan 4 vaksina klinik sinovlarning yakunlovchi bosqichidan o‘tmoqda.

Xitoyning China National Pharmaceutical Group (Sinopharm) davlat farmatsevtika kompaniyasi va AQSHda qayd qilingan Sinovac Biotech kompaniyasi 3ta vaksina ustida ish olib bormoqda. 4-vaksina esa CanSino Biologics tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, iyunda harbiylar tomonidan qo‘llanishi ma’qullangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bahrayn valiahd shahzodasi koronavirusga qarshi vaksina sinovida ishtirok etadi