09:10 / 01.12.2020
4 223

O‘g‘lini salkam 30 yil tutqunlikda saqlagan ona qo‘lga olindi

O‘g‘lini salkam 30 yil tutqunlikda saqlagan ona qo‘lga olindi
Illustrativ foto
Shvetsiya politsiyasi poytaxt Stokgolmda o‘g‘lini 28 yil tutqunlikda saqlashda gumon qilingan 70 yoshli ayolni hibsga oldi. Bu haqda «Expressen» gazetasi yozmoqda.

Nashr yozishicha, yakshanba kuni (29 noyabr) ayolnikiga kelgan qarindoshi (ayol kishi) uyda qo‘rqib ketgan 41 yoshli erkakka duch keladi. U zo‘rg‘a gapirar, oyoqlari mo‘mataloq, yara-chaqa bo‘lib ketgandi. Arang oyoqda turgan bu odam savollarga ham aytarli javob berolmagan.

Ayol darhol tez yordamga qo‘ng‘iroq qiladi, kasalxonaga olib ketilgan erkakning ahvoli og‘irligi aytilmoqda. Xabarga ko‘ra, undan oldin onasi ham kasalxonaga yotqizilgan ekan. Bu ayol o‘g‘lini 28 yil tutqunlikda saqlaganlikda gumon qilinmoqda. Bolasini 12 yoshdaligida maktab olib chiqib ketgan, shundan beri uydan ko‘chaga chiqarmagan. Onasi o‘g‘lini uydan chiqarmasligiga o‘zgalar doim ularga yomonlik qilish niyatida bo‘lganini vaj qilib ko‘rsatgan.

Qarindosh ayolning aytishicha, ona-bola yashagan uy uzoq yillardan beri yig‘ishtirilmagani ko‘rinib turibdi. U ko‘rganlarini qo‘rqinchli filmlardagi manzaraga o‘xshatgan.

«Aftonbladet» nashri yozishicha, Stokgolm politsiyasi ayni voqea yuzasidan ish ochgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘g‘lini salkam 30 yil tutqunlikda saqlagan ona qo‘lga olindi