14:38 / 29.01.2021
3 412

Eron hukumati yarim yil ichida ikkinchi sportchini qatl etdi

Eron hukumati yarim yil ichida ikkinchi sportchini qatl etdi
Foto: NCRI
Eronning Dizful shahridagi qamoqxonada 30 yoshli kurashchi Mehdi Ali Husayniy qatl etildi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».
Husayniy 2015 yilda ommaviy mushtlashuv paytida bir kishini o‘ldirishda ayblangan. Jabrlanuvchining oilasi uni afv etishdan bosh tortgani sababli Husayniyning o‘lim jazosi haqidagi hukm kuchda qoldi.

Eron kurashi qahramoni, Olimpiya o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlarining oltin medali sovrindori Hamid Suryan jabrlanuvchining oilasiga murojaat qilib, Husayniyga rahm-shafqat so‘radi, ammo bundan hech ish chiqmadi.

Olimpiya o‘yinlarida kurashni nazorat qiluvchi United World Wrestling (UWW) sportchining vafoti munosabati bilan bayonot berdi.

Xususan, matnda Husayniy milliy yoki xalqaro turnirlarda qatnashmaganligi, faqat mahalliy musobaqalarda qatnashgani aytilgan. UWW ushbu vaziyat haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmaguncha, qatl haqida izoh berishdan bosh tortdi.

Boshqa bir eronlik jangchi — 27 yoshli Navid Afkariy 2020 yil sentabr oyida qatl etilgandi. U 2018 yilning yozida norozilik namoyishlarida qatnashgan. Sportchi odam o‘ldirishda ayblanib hibsga olingan, ammo inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari uning jinoyatiga iqror bo‘lish qiynoqlarning natijasi ekanligini va sportchi siyosiy sabablarga ko‘ra qatl etilganini ta’kidlamoqda.

Avvalroq Eronda millionlab aholi kriptovalyuta fermalari tufayli elektr ta’minotidan uzilib qolgani, Jo Bayden Eron bilan yadro bitimini qayta tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron hukumati yarim yil ichida ikkinchi sportchini qatl etdi