13:23 / 20.03.2021
3 192

Erdo‘g‘on Baydenning Putin haqidagi gaplarini qoraladi

Erdo‘g‘on Baydenning Putin haqidagi gaplarini qoraladi
Foto: Al Arabia
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on amerikalik hamkasbi Jo Baydenning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin haqidagi gaplarini qoraladi. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

«Baydenning Putin haqidagi bayonoti davlat rahbari uchun qabul qilib bo‘lmas holat», — dedi Erdo‘g‘on jurnalistlarga.
Shuningdek, u Putinning voqeaga munosabatini ma’qulladi.

Avvalroq Oq uy vakili Jen Psaki Baydenning Rossiya rahbariga qaratilgan keskin so‘zlaridan afsuslanmasligini ta’kidladi.
«Yo‘q. Prezident ochiq savolga ochiq javob berdi», — dedi u brifingda Baydenning so‘nggi bayonotlari haqidagi jurnalistning savoliga javoban.

Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida jurnalistning «Rossiya prezidenti Vladimir Putinni qotil deb hisoblaysizmi?» — degan savoliga tasdiq javobini berdi. «Mmm, hmm, ha», — deya javob qildi Bayden undan intervyu olayotgan Jorj Stefanopolusning savoliga.

Kreml esa Jo Baydenning Vladimir Putin haqidagi bayonotlarini «juda yomon» deb hisoblashini aytdi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Men bunga munosabat bildirish uchun ko‘p gapirib o‘tirmayman. Faqat shuni aytmoqchimanki, bu AQSH prezidentining juda yomon bayonoti bo‘ldi. U shubhasiz, mamlakatimiz bilan munosabatlarni yaxshilashni istamaydi. Buyog‘iga biz ham shundan kelib chiqib ish ko‘ramiz», — dedi Peskov.

O‘z navbatida, Putin AQSH davlat rahbari Jo Baydenga to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali muloqot qilishni taklif etdi. AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni taklif qilgan ochiq muhokamaga rozilik berish-bermasligi haqidagi savolni e’tiborsiz qoldirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on Baydenning Putin haqidagi gaplarini qoraladi