Muvaffaqiyat qozongan kishilar maqsadga erishish uchun bor kuch-quvvatlarini o‘zlarida jamlashni odat qilganlar. Ular o‘z xatti-harakatlarini turli yo‘nalishlarga sochish o‘rniga shunday yo‘l tutishgan.
Agar siz muvaffaqiyatsizlikka duch kelsangiz, fikrlaringizni jamlab, muvaffaqiyatsizlik sabablarini qidiring. Dalillarning yuziga tik boqing, ana shunda xatolarni takrorlash xavfidan xalos bo‘lasiz.
Muvaffaqiyatsizlik uchun o‘zingizdan mas’uliyatni olib tashlamang, uni boshqa kishining gardaniga ham yuklamang. Siz qanday harakat qilgan bo‘lsangiz, muvaffaqiyat shu tarzda keladi. Deylik, toat-ibodatda muvaffaqiyatsizlikni tilga olsangiz, uning takrorlash ehtimolini o‘zingizga jalb etgan bo‘lasiz.
Kuch-quvvatni jamlash sizga yana bir qimmatli xislat – ajoyib xotirani egallashingizga yordam beradi.
Taniqli arxitektor Frenk Aloyd Rayt mashhur jurnallardan biriga intervyu bergan edi. Ushbu intervyu ikki soat davom etdi, ammo muxbir hech nimani yozmadi. Rayt qiziqib, nega hech narsani qayd etmayotganini so‘raganida, u hammasini xotirasiga yozib olganini aytib javob berdi.
Ertasi kuni Rayt o‘zining intervyusi yozilgan qog‘ozni oldi. Unda o‘zaro suhbatning biror tafsiloti tushib qolmagan edi. Matnda zig‘ircha noaniqlikni ham topib bo‘lmasdi.
Kuch-quvvat va fikrni bir joyga jamlash odati faqat tinglashga yordam bermay, shu bilan birga nimani ko‘rsangiz va eshitsangiz, barchasini eslatishga ko‘maklashadi. Biz ko‘pincha tanishgan odamlarimizning ismini ikki daqiqadan so‘ng unutamiz, buning asosiy sababi shundaki, u birinchi marta ismini aytgan paytda biz bor diqqatimizni bir joyga to‘plash qobiliyatiga ega bo‘lmaymiz.
Aytishlaricha Jeyms A.Farli ismlarni eslash bo‘yicha juda kuchli xotiraga ega bo‘lgan. U o‘zining tizimidan foydalangan. Farliga biror kishini tanishtirishsa, bu ismni harflab aytishni iltimos qilar ekan. Yoki aksincha, o‘zi harflab takrorlar va o‘sha odamdan, to‘g‘ri aytdimmi, deb so‘rar ekan.
Endryu Karnegi shunday maslahat bergan: «Tuxumlarning hamasini bitta savatga soling, so‘ngra uni kuzating, bittasi ham tushib qolmasin». Karnegi xuddi shu tarzda fikrni jamlash orqali Amerikada po‘lat quyish korporatsiyasiga asos soldi.
Muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan kishi, odatda, o‘zining barcha resurslarini bitta maqsadga jamlaydi va niyati ushalmaguncha shu yo‘ldan ketaveradi. Va faqat ana shundan so‘ng o‘z oldiga yangi maqsadlarni qo‘yadi.
Sizning fikrlarni jamlashga nisbatan munosabatingiz qanday? Hayotdan nimalar istashingizni aniq bilasizmi? Uni amalga oshirish uchun yaqqol, ravshan rejangiz bormi? Agar bo‘lsa, keyingi qadamingizda maqsadingiz sari shunday kuchli jamlanish ro‘y berishi kerakki, har qanday to‘siq ham sizni yo‘lingizdan chalg‘itishga majbur etmasin.
Yodingizda bo‘lsin, siz barcha cheklashlarni miyangizga o‘zingiz joylashtirgansiz. Ularni bartaraf etish uchun butun diqqat-e’tiborni, kuchingizni bitta joyga jamlang, ana shunda sizni hech narsa to‘xtata olmaydi.
(Napoleon Xill kitobidan)
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi