date

Ayollar nima uchun chiroyli emas, balki hazilkash erkakni afzal ko‘radi?

Ayollar nima uchun chiroyli emas, balki hazilkash erkakni afzal ko‘radi?

Ayollar haqiqatan ham yumorni yaxshi ko‘radi va yangi tadqiqotlar bu hech qanday afsona emasligini ko‘rsatmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, qiziqarli va hazilga boy erkaklar ko‘pincha tashqi qiyofasi chiroylilardan kam bo‘lsa ham, ustunlikka ega. Yumor ko‘p holatlarda tashqi ko‘rinish va mavqeidan muhimroq sanalishi mumkin.

Daily Mail ma’lumotiga ko‘ra, buning sababi shundaki, erkaklar ko‘pincha o‘z ustunligini namoyish etishni xohlaydi, ayollar esa yuzda tabassum uyg‘otadigan, hayotni yengilroq his qildiradigan sherikni qidiradi. Shu tarzda Pit Devidson ham Kim Kardashyan va Ariana Grande kabi mashhurlarning qalbini zabt etgan.

Buyuk Britaniyada 1200dan ortiq kattalar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotda olti shaxsiy sifat baholandi: boylik, chiroy, shuhratparastlik (ambitsiya), hazil tuyg‘usi (yumor), aql (intellekt) va mehr-muruvvat. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki, ayollar o‘zlaridan chiroyliroq va aqlliroq bo‘lsa ham, yumor va ambitsiyaga ega sherikni qo‘llab-quvvatlaydi. Erkaklar esa o‘z navbatida zavqli va moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishga harakat qiladi, hatto tashqi ko‘rinishda kamchilik bo‘lsa ham.

Tadqiqotchilar bu tendensiyaning evolyutsion sabablari borligini ta’kidlaydi: ayollarning chiroyliligi reproduktiv salohiyatining ko‘rsatkichi hisoblanadi va «evolyutsiya valyutasi» sifatida xizmat qiladi. Qiziqchilar hayoti ham bu nazariyani tasdiqlaydi: Mister Bin Rouen Atkinson vizajist Sunetra Shastriga, Sasha Baron Koen aktrisa Ayla Fisherga, Djonni Vegas esa prodyuser Mayya Danfiga uylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Ayollar nima uchun chiroyli emas, balki hazilkash erkakni afzal ko‘radi?