Har kuni xurmo yesangiz tanangizda nima o‘zgaradi?

1 daqiqa o'qish344
Har kuni xurmo yesangiz tanangizda nima o‘zgaradi?

Xurmodagi tabiiy shakarlar — glyukoza, fruktoza va saxaroza — organizmga tez energiya beradi. Bu energiya keskin ko‘tarilmaydi, aksincha, asta-sekin oshib, charchoqni kamaytiradi. Mashqdan keyin 2–3 dona xurmo yesangiz, diqqatlaringiz qayta tiklanadi.

Hazm tizimi yengil ishlaydi

Xurmo — tolalarga boy meva. U ichak harakatini normallashtiradi, qabziyatning oldini oladi va probiotik bakteriyalarni ko‘paytirishga yordam beradi. Kuniga 3–4 dona xurmo toksinlarni tezroq chiqarib, ichakni tozalaydi.

Yurak va qon tomirlar uchun foydali

Xurmo tarkibidagi kaliy, magniy va antioksidantlar yurak faoliyatini mustahkamlaydi. Kaliy qon bosimini barqaror saqlaydi, magniy yurak mushaklarini himoyalaydi, antioksidantlar esa “yomon” xolesterinni kamaytiradi. Natijada qon tomirlar sog‘lom va elastik bo‘lib qoladi.

Suyaklar mustahkamlanadi

Xurmoda kalsiy, fosfor, magniy va bor yetarlicha. Bu moddalar suyak zichligini oshiradi, mo‘rtlashish xavfini kamaytiradi. Muntazam xurmo iste’mol qilinsa, suyaklar kuchliroq bo‘ladi.

Immunitetni ko‘taradi

A, C, D vitaminlari va temir moddasi immun tizimni “ko‘tarib” qo‘yadi. Xurmo organizmni shamollash va viruslarga qarshi chidamli qiladi. Beta-karotin esa terini silliq qiladi, qarish jarayonni sekinlashtiradi.

Tanani tozalaydi

Xurmo antioksidantlarga boy bo‘lgani uchun jigarni faol ishlatadi, og‘ir metall va zararli moddalarni organizmdan chiqarishga yordam beradi. Detoks uchun tabiiy va yoqimli usul desak xato bo‘lmaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?