
Odam yashaydi, lekin tanamizdagi har bir bo‘lak o‘zgarishda davom etadi. Tirnoq ham shulardan biri. Ko‘pchilik e’tibor bermagan bo‘lsa-da, yosh o‘tgan sayin tirnoqning qalinlashishi va qattiqlashishi tabiiy jarayon hisoblanadi.
Mutahassislar fikricha, bunga asosan uchta sabab bor:
1. Qon aylanishi sekinlashadi. Yosh o‘tishi bilan qon tomirlari torayadi, natijada tirnoq ildizi yetarlicha kislorod va ozuqa moddalari bilan ta’minlanmaydi. Bu uning o‘sishini sustlatib, tuzilishini o‘zgartiradi.
2. Keratin miqdori ko‘payadi. Tirnoq asosan keratin moddasidan tashkil topgan. Yosh o‘tgan sari organizm keratinni ko‘proq ishlab chiqara boshlaydi, bu esa tirnoqni qattiq va qalin qiladi.
3. Tashqi omillar ta’siri. Ish, maishiy sharoit, kimyoviy vositalar, shuningdek, sug‘urilish va zarbalar tirnoq plastinkasiga ta’sir qilib, uning tuzilishini qotirib yuboradi.
Shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra, tirnoqlar sog‘lom bo‘lishi uchun:
— doim namlantiruvchi kremlardan foydalanish,
— parhezda biotin, sink va temirga boy mahsulotlarni ko‘paytirish,
— manikyurda agressiv kimyoviy vositalardan ehtiyot bo‘lish kerak.
Tirnoqning qalin va qattiq bo‘lishi qarishning belgisi emas — bu organizmdagi tabiiy himoya mexanizmining bir ko‘rinishi. Faqat uning haddan tashqari qotishi yoki qopqog‘i ko‘tarilib ketishi kuzatilsa, dermatologga murojaat etish tavsiya qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.