Ko‘pchilik ayni damda yashab tursa-da, tez-tez o‘tmish sahifalarini varaqlab turishni odat qilgan. Agar bu yaxshi xotiralar bo‘lsa, u kishiga ijobiy kayfiyat bag‘ishlab, oldinga harakat qilishga ilhomlantiradi, deyiladi "Mulohaza.uz" saytida. Biroq o‘tmish xotiralari salbiy voqealarni yodga solsa-chi? Ularning salbiy ta’siri vaqt o‘tishi bilan ham kamaymasdan, tushkunlikka tushishga sabab bo‘lsa, unda qanday qo‘l tutish lozim? Bunday vaziyatda eng asosiysi, taslim bo‘lmaslik va faqat oldinga qarab intilishdir!
O‘tmish inson hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
O‘tmishdagi voqea-hodisalar — bugungi kun va kelajakning asosidir. Ular kishiga tajriba va ko‘nikmalar orttirishga yordam beradi. Muhimi inson o‘tmishdagi xatolarga qanday munosabatda bo‘lishidir. Ko‘pincha odamlar o‘zini sustkashlikda, ortiqcha gapirib yuborish yoki noto‘g‘ri tanlov uchun ayblaydi. Bunday xatolarni tinmay eslash va o‘zini aybdor his qilish esa real vaqtda hal etish lozim bo‘lgan masalalarni bajarishga xalaqit beradi.
Nega o‘tmishni unutish zarurati yuzaga keladi?
O‘tmish sizning shaxs sifatida shakllanishingizga xalaqit qila boshlaydi.
U sizga bugungi kundan zavqlanishga xalaqit beradi. O‘tmishdagi hodisalar yuzasidan muntazam qayg‘urish sizni o‘sha paytda his qilgan kechinmalarni qayta his qilishga majbur qiladi.
O‘z imkoniyatlaringizni ko‘rishga to‘sqinlik qiladi.
O‘tmishda muhabbatidan ayrilgan inson kelajakda o‘ziga mos insonni uchratishga umid ham qilmay qo‘yadi. Uchratgan insonlarini esa avvalgisi bilan taqqoslay boshlaydi. Ishini qo‘ldan boy bergan inson ham xuddi yuqoridagi holat kabi aynan avvalgisiga o‘xshash ishni qidiradi. Bu esa imkonsiz narsadir.
Bu sizning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ingizga zarar qiladi.
O‘tmishni mahkam tutib olgan kishilar ruhiy kasalliklar, asab buzilishlari, yurak va markaziy asab tizimi xastaliklariga ko‘proq chalinadi.
O‘tmishni qo‘yib yuborib, oldinga qarab harakat qilish uchun qanday yo‘l tutish lozim?
Barcha xatolaringizni tan oling. Muammo nimada ekanligini anglab etgandan so‘ng, uni hal qilish ham osonlashadi. O‘zingiz bilan yolg‘iz qolib, oyna oldida o‘tirib, dastlab tashqi ko‘rinishingizda, keyin xarakteringizda nimalar o‘zgarganligini tahlil qilib chiqing. O‘zingizga «Nima yuz bergan bo‘lsa, barchasini qabul qilaman. Bundan katta hayotiy tajribaga ega bo‘ldim. Ko‘p narsani tushunib oldim. Endi nima qilish lozimligini va o‘zimni qanday tutishim kerakligini bilaman. O‘tmishni qo‘yib yuborishga va bugungi kundan zavq olib yashashga tayyorman» deb ayting.
Kichkina narsalardan boshlang. O‘tmishning og‘ir xotiralari sizni sira qo‘yib yubormaganda, kayfiyatingizni biroz bo‘lsa-da ko‘taruvchi kichik harakatlarni bajaring. Kulguga boy filmlarni tomosha qiling, yaqin dugonangiz bilan qahva ichib, suhbatlashing.
O‘tmishdan himoya qiluvchi mudofaa barpo eting. Avvalgi hayotingizdagi salbiy hissiyotlarni yodingizga soluvchi barcha buyumlarni alohida qutiga solib, ko‘zdan nariga yashirib qo‘ying. Hayot bilan yangitdan tanishayotgandek, shaharning notanish joylariga sayrga chiqing, yangi kitoblar, qiziqarli filmlar qurshovida bo‘ling.
Yangiliklarni rad etmang! Tanishlar orttiring, ko‘rgazmalarga boring, dunyoqarashingizni kengaytiring. Bugungi kun va kelajak o‘tmishdan qiziqarliroq ekanligiga o‘zingizni ishontiring.
Xato qilishdan qo‘rqmang. Eng mashhur kishilar ham qachonlardir xatoga yo‘l qo‘ygan. O‘tmish, bugun va kelajakka tabassum bilan qarang. Axir tabassum barchasini engishga qodir! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...
Sergey Lushchan: "Navbahor" futbolchilari "Neftchi"ga o‘tyapti? Balki..."
“Roma”: Argentinalik yulduz Shomurodovdan zo‘r emas!