Qulupnayni qanday toʻgʻri yuvish kerak?

Qulubnay iste'mol qilishdan oldin uni to'g'ri yuvish sog'liq uchun muhimdir, chunki meva yuzasida ko'zga ko'rinmas zararli mikroorganizmlar va kimyoviy qoldiqlar bo'lishi mumkin. Oddiy suvda chayish yetarli bo'lmaydi; buning o'rniga 1 litr suv, 1 choy qoshiq iste'mol sodasi va 1 osh qoshiq tuzdan tayyorlangan eritmada 5 daqiqa ushlab turish tavsiya etiladi. Bu usul tuxumlar, mayda hasharotlar, pestitsidlar va bakteriyalarni yo'qotib, mevalarni yanada toza va xavfsiz qiladi.
Qulupnay — yozning eng sevimli va mazali neʼmatlaridan biri. Ammo uni yuvmasdan isteʼmol qilish sogʻliq uchun xavf tugʻdirishi mumkin.
Koʻpchilik qulupnay yuzasida koʻzga koʻrinmas mikroorganizmlar, hasharot qoldiqlari va pestisidlar boʻlishi mumkinligini bilmaydi. Shuning uchun uni oddiy suvda chayish har doim ham yetarli emas.
Eng toʻgʻri usul — maxsus eritma tayyorlash:
- 1 litr suv;
- 1 choy qoshiq isteʼmol sodasi;
- 1 osh qoshiq tuz.

Qulupnayni shu eritmada 5 daqiqa davomida ushlab turing. Bu usul:
- gijja tuxumlari va mayda hasharotlarni yoʻq qiladi;
- pestisid va kimyoviy qoldiqlarni kamaytiradi;
- zararli bakteriyalarni bartaraf etadi.
Soʻng mevalarni toza suvda yaxshilab chayib oling.
Natijada meva yanada toza, xavfsiz va isteʼmol uchun yaroqli boʻladi.





























Izohlar 0
…