date

Sokin qotilga qarshi: yuqori qon bosimini tushiruvchi 7 mahsulot...

Sokin qotilga qarshi: yuqori qon bosimini tushiruvchi 7 mahsulot...

Yuqori qon bosimi — tibbiyotda Gipertoniya sifatida tanilgan holat — koʻpincha “sokin qotil” deb ataladi. Sababi oddiy: u yillar davomida belgilarsiz kechib, organizmga sekin-asta, lekin jiddiy zarar yetkazadi. EatingWell nashri taʼkidlashicha, bu kasallikni nazorat qilishda ovqatlanish tarzi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) maʼlumotlariga koʻra, har ikkinchi katta yoshli insonda qon bosimi bilan bogʻliq muammolar mavjud. Shu bois mutaxassislar bosimni tabiiy ravishda barqarorlashtirishga yordam beruvchi mahsulotlar roʻyxatini tavsiya qilmoqda.

Avvalo, banan eng oddiy, ammo samarali variantlardan biri hisoblanadi. U kaliyga boy boʻlib, organizmdagi ortiqcha natriyni chiqarishga yordam beradi va qon tomirlardagi bosimni yengillashtiradi. Bu ayniqsa qon bosimi yuqori boʻlganlar uchun muhim.

Loviya, noʻxat va yasmiq kabi dukkaklilar esa nafaqat toʻyimli, balki tomirlar uchun foydali. Ular tarkibida magniy va maxsus kletchatka mavjud boʻlib, arteriyalar elastikligini saqlashga xizmat qiladi. Ilmiy tadqiqotlar ham oʻsimlik oqsili yurak faoliyatini yengillashtirishini tasdiqlaydi.

Yogurt ham ratsionda muhim oʻrin tutadi. Shirinliksiz tabiiy yogurt kalsiy, magniy va kaliy kabi uchta asosiy mineralni oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, probiotiklar ichak mikroflorasini yaxshilab, umumiy salomatlikka ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Tarvuz esa tabiiy “qon tomir kengaytiruvchi” mahsulot sifatida ajralib turadi. Undagi aminokislotalar tomirlarni kengaytiradi va bosimni tabiiy ravishda pasaytiradi. Ilmiy tadqiqotlar uni muntazam isteʼmol qilish sistolik bosimni barqarorlashtirishini koʻrsatgan.

Suli yormasi ham eʼtibordan chetda qolmasligi kerak. U beta-glyukan deb ataluvchi maxsus tolalarga boy boʻlib, xolesterinni va qon bosimini bir vaqtda pasaytiradi. Bu esa insult xavfini kamaytirishda muhim omil hisoblanadi.

Qoragʻat (chernika) tarkibidagi antotsianlar esa kuchli antioksidant hisoblanadi. Ular qon tomirlar ichki qatlamini mustahkamlab, qon aylanishini yaxshilaydi. Hatto kichik portsiyadagi isteʼmol ham ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Apelsin sharbati esa gesperidin moddasi tufayli yurak-qon tomir tizimiga foydali taʼsir koʻrsatadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, uni nonushtaga qoʻshish yengil gipertoniya holatida ahvolni yaxshilashi mumkin.

Muhimi, bunday tavsiyalar umumiy axborot maqsadida beriladi. Har qanday qaror qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish eng toʻgʻri yoʻl hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Foydali » Sokin qotilga qarshi: yuqori qon bosimini tushiruvchi 7 mahsulot...

Ko'p o'qilgan Foydali yangiliklari