16:30 / 26.04.2019
4 073

Ish kunini qanday qilib to‘g‘ri rejalashtirish mumkin?

Ish kunini qanday qilib to‘g‘ri rejalashtirish mumkin?
Kamroq ishlash va yanada samarali bo‘lish mumkin
«Hissiy intellekt» bestselleri muallifi doktor Trevis Bredberi fikricha, biz uchun odatiy sakkiz soatlik ish kuni – ishga nisbatan eskicha yondashuv. Agar samarador bo‘lishni istasangiz, undan voz kechish va vaqtni rejalashtirishning yangi usulini topish kerak.

Nima uchun sakkiz soatlik ish kuni samarasiz?
Grafik sanoat inqilobi ana shunday normalashtirilgan, uning maqsadi ishchilar fabrikalarda qo‘l mehnati uchun sarflaydigan vaqtni qisqartirishdan iborat edi. Bu ikki yuz yillik islohot. Bugun esa u mos kelmaydi.

Biz ham ota-onamiz kabi tanaffuslar bilan sutkasiga sakkiz soat ishlashimiz kerak deb hisoblanadi. Ko‘pchilik odamlar esa hatto tushlik vaqtida ham mehnat qilishadi.

Bu eskirgan yondashuv yordam bermaydi, aksincha samaradorlikka xalaqit qiladi.

Draugiem Group tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotda kompaniya ilova yordamida o‘z xodimlarining ishdagi odatlarini kuzatgan. Tadqiqotchilar odamlar qancha vaqtini turli vazifalarga sarflashini kuzatib, ularning ahamiyatini samaradorlik ko‘rsatkichi bilan taqqoslashgan.

Kompaniya hisoblash jarayonida quyidagilarni kuzatdi: ish kunining davomiyligi ahamiyatga ega bo‘lmagan – odamlar kunni qanday tashkil etgani muhim bo‘lgan. Xususan, o‘ziga qisqa tanaffuslar bergan xodimlar bir necha soat tinmay ishlaganlarga qaraganda unumli bo‘lishgan.

Ideal nisbat 52 daqiqa ish va 17 daqiqa hordiqni tashkil etgan.

Aynan shu jadvalga amal qilgan kishilar ishlariga to‘liq diqqatlarini qarata olishgan. Deyarli bir soat vaqt davomida ular o‘zlarini belgilangan vazifaga 100 foiz baxsh etishgan. Ular ijtimoiy tarmoq va elektron xatlarga chalg‘ishmagan.

Charchoqni his etishgach (aynan bir soatdan keyin) ular qisqa tanaffuslar qilishgan, hordiq vaqtida esa ish bilan mashg‘ul bo‘lishmagan. Bu ularga miyalarini tin oldirish, keyingi bir soatni yana unumli o‘tkazishda yordam bergan.

Qanday ishlash kerak?
Unumdorlikning 52/17 nisbatini qo‘llagan odamlar miya faoliyatining tabiiy xususiyatlariga moslashadilar: u yuqori quvvat (deyarli 1 soat) va uning pasayishi (15-20 daqiqa)ning almashishiga asoslanadi.

Biroq odatiy hayotda biz bu tabiiy holatni nazardan chetda qoldiramiz, charchagan holimizda ham ishlashda davom etamiz.

Doimiy charchoqdan xalos bo‘lishning eng yaxshi usuli – kunni oldindan rejalashtirish. Soatlab vazifa ustida bosh qotirish, keyin esa e’tibor va kuchsizlanish holatiga befarq bo‘lishga harakat qilmang. Ish unumdorligi pasayishni boshlashi bilan mazkur belgiga e’tibor bering – demak tanaffus vaqti bo‘ldi.

Kunni qanday rejalashtirish kerak?
Standart sakkiz soat davomida ishlash mumkin, buning uchun vaqtni qismlar – sprintlarga ajratish lozim. Faoliyatingizni quvvatning tabiiy ortishi va kamayishiga qarab sozlash bilan ishingiz ancha unumli kechadi. Ana shu ideal sur’atga kirishda yordam beradigan maslahatlar esa quyidagicha:

Kunni soat intervallariga ajrating
Odatda kun, hafta va oy davomida yakunlashimiz kerak bo‘lgan ishlarni rejalashtiramiz. Aynan hozir erishish mumkin bo‘lgan vazifalarga diqqatni qaratsak, yanada samarador bo‘lishimiz mumkin.

Shuning uchun kunni davomiyligi bir soatdan iborat bo‘lgan qisqa vaqt bo‘laklariga ajratib rejalashtiring. Bu faoliyatingizga to‘g‘ri sur’at berishda qo‘l keladi. Bundan tashqari, mazkur usul yordamida murakkab vazifalarni bir necha qismlarga bo‘lib, soddalashtirasiz. Agar maksimal darajadagi aniq formulaga rioya etishni istasangiz, 52 daqiqali intervaldan foydalanishingiz mumkin.

Ish vaqtida ishlang
Sprintlar tizimi natijador, chunki unda quvvatning yuqori darajasi davridan unumli foydalaniladi. Ana shunda nisbatan qisqa vaqt davomida maksimal diqqat-e’tiborga erishishingiz va vazifalarni tezkor bajarishingiz mumkin. Biroq ish uchun ajratilgan vaqtga mas’uliyatsiz yondashsangiz – SMS xabarnomalar jo‘natib, ijtimoiy tarmoq yoki elektron pochtani tekshirsangiz – tizim buziladi.

Rostakamiga dam oling
Draugiem Group kompaniyasi bir soatdan kam vaqtda tanaffus qilishga odatlangan xodimlar ishdan boshini ko‘tarmay mehnat qilganlarga qaraganda samaraliroq ekanini sezishgan. Bundan tashqari, ongli ravishda dam olganlar «hordiq» vaqtida qolib ketgan ishlar haqida o‘ylaganlarga qaraganda o‘zlarini yaxshiroq his etishgan.

Samarali bo‘lish uchun kompyuter, telefon va ishlar ro‘yxatiga e’tibor bermaslik lozim
Mutolaa va oddiy muloqot qayta quvvat olish uchun eng samarali usullardan. Ular sizni ishdan chalg‘itadi. Ish juda qizg‘in kunlarda elektron pochta va telefon qo‘ng‘iroqlarini tekshirish tanaffus o‘rnini bosadigandek tuyuladi. Biroq bunday emas. Bu kabi hordiqdan voz keching.

Organizm tanaffus qilishga majbur etishini kutmang
Dam olishni istamaguncha ishlash – yaxshi fikr emas. Bu foydasiz ham: chunki maksimal unumdorlikni o‘tkazib yubordingiz.

Oldindan belgilangan jadvalga amal qiling: unga rioya qilish quvvat yuqori darajada bo‘lganida ishlash, kamayganida esa dam olish imkonini beradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ish kunini qanday qilib to‘g‘ri rejalashtirish mumkin?