
3-noyabr holatiga ko'ra, O'zbekistonda avtokreditlar bo'yicha o'rtacha foiz stavkasi 24,3%, mikrozaymlar bo'yicha esa 32,7% darajasida saqlanib qolgan. Bu haqda Markaziy bank ma'lumot bergan.
Eng qulay avtokreditlar Garant bank (17,8%), Infinbank (19,1%) va Ipoteka bank (19,7%) tomonidan taqdim etilmoqda. Eng yuqori stavkalar esa Universal bank (30%), Madad Invest bank (27,9%) va SQB (27,4%) da qayd etilgan.
Mikrozaymlar bo'yicha eng past foiz stavkalar Infinbank (24,9%), BRB (25,5%) va Trast bank (25,6%) da kuzatilmoqda. Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, jismoniy shaxslar uchun kreditlarning o'rtacha foiz stavkasi 23,2% ni, yuridik shaxslar uchun esa 23,4% ni tashkil qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar