date

Ipoteka obligatsiyalari bo'yicha yangi tartib


O'zbekistonda ipoteka obligatsiyalarini Markaziy depozitariya orqali chiqarish va muomalaga kiritish tartibi tasdiqlandi. Endilikda foiz to'lovlari hamda obligatsiyalarning nominal qiymatini qaytarish aynan Markaziy depozitariya tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu tartib maxsus huquqiy rejim doirasida joriy etilib, Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan. Ipoteka obligatsiyalari tarkibiga kiritiladigan kreditlar ma'lum shartlarga javob berishi kerak: kreditning garovga nisbati kamida 75% bo'lishi, qarz oluvchining qarz yuki 70% dan oshmasligi hamda kredit berilganidan kamida olti oy o'tgan bo'lishi lozim.

Bunday kreditlar uchun ipoteka va kredit shartnomasi, to'lov jadvali, sug'urta polisi, garovga bo'lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar hamda ipoteka shartnomasining davlat reyestrida ro'yxatdan o'tganligi haqida ma'lumotnoma talab etiladi. Ipoteka obligatsiyalari bo'yicha barcha to'lovlar faqat Markaziy depozitariya orqali amalga oshiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ipoteka obligatsiyalari bo'yicha yangi tartib